Rasmus Xoylund Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi oʻyinidagi harakatlariga izoh berdi.
Xoylund 53-daqiqada hisobni 2:2 koʻrinishiga keltirgan golidan soʻng Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlagan. Oʻyindan keyin esa Portugaliya bosh murabbiyi Jorje Jezushni koʻkragidan turtib qoʻygan.
"Bu chorshanba kuni sodir boʻlgan voqealardan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan boʻlishi mumkin boʻlgan insonga hurmat ifodasi edi.
Men unga yana bir bor hurmatimni koʻrsatmoqchi boʻldim. Bu hech qanday hurmatsizlik bilan bogʻliq emas. U — mening kumirim", — dedi Xeylund.