Rafael Leau Daniya ustidan 4:2 hisobidagi gʻalaba va Krishtianu Ronalduning terma jamoa qarorgohini tark etgani haqida fikr bildirdi.
"Uning ketishi bilan bogʻliq vaziyat bizning ishimiz emas. Biz yana bir bor jamoa sifatida kuchli ekanimizni isbotladik. Uyida oʻtirib, Krishtianu bu gʻalabadan xursand boʻlganiga ishonaman.
Biz yaxshi munosabatdamiz va uning qanday inson ekanini bilaman. Oxir-oqibat, jamoa hammasidan muhim. Yana 3 ochko oldik va guruhda peshqadam boʻlib turibmiz.
Krish — bolaligimdagi kumirim. "7" raqami ham men uchun alohida ahamiyatga ega, chunki farzandlarim tugʻilgan sana bilan bogʻliq. Bu raqamda munosib koʻrinishga va har lahzadan zavq olishga harakat qildim. Eng muhimi, biz yaxshi oʻyin koʻrsatib, gʻalaba qozondik", — dedi "Galatasaray" futbolchisi.