Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan kelishmovchiliklari sabab muxlislarning unga bildirgan salbiy munosabati haqida gapirdi.
"Portugaliyalik muxlislarning hushtaklarini eshitmadim. Ammo eng muhimi, hatto gʻalaba qozongan taqdirimizda ham shuncha kilometr yoʻl bosib kelgan muxlislarni hurmat qilishdir. Soʻnggi yillarda xorijda ishlagan murabbiy sifatida Portugaliyadan tashqarida yurganingizda oʻzingizni portugaliyalik ekaningizni yanada kuchliroq his qilasiz. Shuning uchun bu tuygʻuga katta hurmat bilan qarayman.
Oʻylaymanki, Portugaliya jasur gʻoyalarga asoslangan yetuk oʻyin namoyish etganidan barcha xursand. Murabbiy hayotida bizga ishonch beradigan yagona narsa — gʻalaba".
— Mamlakat siz tomonda, deb hisoblaysizmi?
— Bilmayman. Shunday boʻlishini istardim, — dedi Jezush.