Millatlar ligasining 4-guruhidan o'rin olgan 3-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga yetdi.
Krishtianu Ronaldusiz qolgan Portugaliya terma jamoasi Daniya bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Kanselu (13), Ramush (25), Vitinya (67) va Joau Feliks (87) Portugaliyaning gollariga mualliflik qilgan bo'lsa, Damsgaard (23) va Xoylund (53) ham o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.
Shuningdek, guruhning 2-o'yinida bir kishi kam bo'lib qolgan Norvegiya Uelsga 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Dastlab, Oskar Bobb 11-daqiqada hisobni ochdi, keyin esa Jeyms 38, Uilyams 48-daqiqalarda javob berib, jamoasining g'alabasini ta'minlashdi.
Shu tariqa, 3-turdan so'ng Portugaliya 100 foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Qolgan 3 jamoada esa 3 ochkodan mavjud.
Eslatib o'tamiz, 4-tur to'qnashuvlari 4-oktyabr kuni bo'lib o'tadi.