Erling Xoland kelasi yozgi transfer oynasining eng ko‘p muhokama qilinadigan futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin. "El Nacional" nashri xabariga ko‘ra, norvegiyalik hujumchi 2026/27 yilgi mavsumni "Manchester Siti"dagi so‘nggi mavsumi sifatida ko‘rmoqda. Klubning moliyaviy qoidalar buzilishi bilan bog‘liq muammolari esa uning ketish istagini yanada kuchaytirgan.

Manbaga ko‘ra, Xoland faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi va "Real"dan ko‘ra 'Barselona" variantini ma’qul ko‘rmoqda.

"Hozirda Flikning loyihasi Xolandni Mourinionikiga qaraganda ancha ko‘proq jalb qilmoqda. "Real"da Mbappe va Vinisius tufayli Erling uchun joy topish qiyin bo‘lardi. U esa Rafinya va Yamalga qo‘shilib, qo‘rqinchli hujum uchligini shakllantirishni afzal ko‘rardi", — deyiladi El Nacional materialida.

Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Xolannning qiymatini 220 million yevro deb baholamoqda.