41 yoshli Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi murojaati orqali milliy jamoa bilan xayrlashayotganini ma’lum qildi.

Ronaldu 2003-yilda Portugaliya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazgan. U milliy jamoa safida 234 ta o‘yinda maydonga tushib, 146 ta gol urgan. Shuningdek, Yevro-2016 va UEFA Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi bo‘lgan.