Superliganing 24-turidan o'rin olgan dastlabki ikki bellashuv bo'lib o'tdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK safarda Mash'al bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuvdagi yagona golni 84-daqiqada Asadbek Sobirjonov kiritdi.

Shuningdek, Andijon ham o'z o'yinini o'tkazdi va Qizilqumga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Otabek Jo'raqo'ziyevning 37-daqiqada kiritgan goli jamoasiga g'alabani taqdim etdi.