CNN Portugal jurnalisti Ruy Santushning xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu Jorje Jezush terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lib turgan vaqtda Portugaliya safida o‘ynashni istamayapti.

41 yoshli hujumchi Jezush uni Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinida maydonga tushirmaganidan so‘ng terma jamoa ixtiyorini tark etgan edi.

"Krishtianu terma jamoaga qaytmasligini aytgan. Kamida Jorje Jezush jamoa bosh murabbiyi bo‘lib turgan vaqtda.

U yuzaga kelgan vaziyatdan juda norozi. Ayniqsa, Jezushning so‘zlari unda katta e’tiroz uyg‘otgan.

Krishtianu murabbiyning samimiyligiga va uning so‘zlariga ishonchini yo‘qotdi. Chunki Jezush uni Millatlar ligasida o‘ynatish uchun qaytarish istagini bildirgan bir vaqtda “Hech kim uzr so‘rashi shart emas. Tarkibni men tanlayman", degan keskin fikrni ham aytdi", — dedi jurnalist.