"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri "Real Madrid"ning o‘yin uslubi va taktikasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
💬 Rodrining so‘zlariga ko‘ra:
"Real Madrid" o‘z raqiblarida aslida turgandan ko‘ra kuchsizroqdek taassurot uyg‘ota oladimi? Ular bizni alday olishmaydi, hech bo‘lmaganda meni alday olishmaydi.
Yillar davomida "Real"ga qarshi ko‘p marotaba o‘ynaganman va ularning futbolchilarini juda yaxshi bilaman. Ular raqibni go‘yoki o‘zlarining eng yaxshi sport formasida emasliklariga ishontirishga usta ekanidan to‘liq xabardorman.
Ammo haqiqat shundaki, "Real Madrid" qanday sport formasida yoki qanday vaziyatda bo‘lishidan qat'i nazar, har doim xavfli va mahoratli raqib bo‘lib qolaveradi".