Deklan Rays "Arsenal" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.
27 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar esa yakuniy bosqichga yaqinlashgan.
Manbaga ko‘ra, Rays Bukayo Saka bilan bir qatorda klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saka haftasiga 350 ming funtga yaqin maosh oladi. Raysning ayni paytdagi maoshi esa haftasiga 240 ming funt atrofida ekani aytilmoqda.