"Real"ning sobiq sardori Dani Karvaxal faoliyatini "Xetafe"da davom ettiradi.
34 yoshli himoyachi seshanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. La Liga rahbariyati kelishuvni ma’qulladi va Karvaxalning erkin agent sifatidagi transferi rasman tasdiqlandi.
Ispaniyalik futbolchi 2013–2026 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsum yakuniga yetgach, u Madrid klubini tark etdi.
"Xetafe" Ispaniya chempionatining 8-turidan keyin 8 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.