Elit Osiyo Chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan ilk bellashuv o'z nihoyasiga yetdi.
Kamoliddin Tojiyev boshqaruvidagi "Paxtakor" o'z maydonida Saudiyaning "Al-Qodisiya" klubini qabul qilib 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Dastlab, uchrashuvning 35-daqiqasida Tijjani Reynders hisobni ochdi. 89-daqiqada esa Dostonbek Hamdamov penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi va jamoasiga 1 ochko taqdim etdi.