Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio Chempionlar ligasida "Roma"ga qarshi kechgan (4:3) uchrashuvdagi tarkib tanlovi haqida gapirdi.
"Qaymoqranglilar" 1:3 hisobida ortda borayotgan bo‘lsa-da, bahsning so‘nggi daqiqalarida vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa 83-daqiqadan 90-daqiqagacha uchta gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Matbuot anjumanida murabbiydan nima uchun Arda Guler va Bernardu Silva uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamagani so‘raldi.
"Bir narsani aytishimga ruxsat bering: agar o‘yinni yakunlagan tarkib boshidan maydonga tushganida, 0:5 hisobida yutqazgan bo‘lardik. Bu aynan o‘yinning oxiridagi vaziyatda ish berdi, ammo 90 daqiqa davomida bunday o‘ynash samara bermasdi", — dedi Mourinio.
Guler 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ikki golli uzatmani amalga oshirdi. Silva esa 70-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.