Xorvatiya terma jamoasi kapitani Luka Modrich Angliyadan 0:7 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng muxlislardan uzr soʻradi.

"Kurashsiz, agressiyasiz, follarsiz, jamoaviy birliksiz oʻynadik. Men bu yerda 20-yildan beri yuribman va aytishim kerakki, birinchi marta oʻyindan keyin oʻzimdan uyaldim.

Magʻlub boʻlish mumkin — ular bizdan kuchli edi. Ammo bunday tarzda magʻlub boʻlish va oʻz obroʻmizni shunday yoʻqotish — qabul qilib boʻlmaydigan holat. 20-yil ichida birinchi marta oʻzimdan chindan ham uyaldim.

Bir-birimizni ayblashimiz kerak emas. Har doimgidek, bu qiyinchilikni ham birgalikda yengib oʻtishimiz lozim. Biz katta hisobda magʻlub boʻlgan oʻyinlar ham boʻlgan, ammo bunday uchrashuvdan keyingi hissiyotlar butunlay boshqacha. Men hech qachon oʻzimni bunday his qilmaganman.

Kechirasizlar", — dedi Modrich.