"Bavariya"ning fransuz vingeri Maykl Olise tez orada Myunxen klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Madridning "Real" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lishiga qaramay, Olise jamoadan ketish variantini umuman ko‘rib chiqmayapti.

Ta'kidlanishicha, yangi kelishuvga ko‘ra, Mayklning maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Bu orqali u "Bavariya"ning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiradi.

Ma'lumot uchun, 24 yoshli vinger joriy mavsumda myunxenliklar safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.