Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasida Fransiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Natija fikrni oʻzgartiradi. Bugun qiyin oʻyin boʻldi. Donnarumma kerak paytda, oʻyin oxirida bizni qutqardi. Ammo umuman olganda, ajoyib jamoaga qarshi yaxshi oʻynadik.
Bu yigitlar mehnat qilishda davom etsa, ajoyib jamoaga aylanishi mumkin. Buning uchun maʼlum vaqt kerak, ammo biz yaxshi rivojlanyapmiz.
Belgiya bilan oʻyinning ikkinchi boʻlimidan boshlab yaxshiroq oʻynay boshladik. Toʻgʻri harakatlarni amalga oshirishga harakat qildik va kerak paytda yaxshi himoyalandik", — dedi Manchini.