"Manchester Yunayted" mavsumni unchalik yaxshi boshlay olmagani Maykl Kerrikning kelajagi borasida turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lmoqda.

Klub rahbariyati ingliz mutaxassisiga noyabr oyidagi terma jamoalar tanaffusiga qadar vaqt bermoqchi. Agar shu vaqtgacha vaziyat yaxshilanmasa, rahbariyat keskin qaror qabul qilishi mumkin.

"IndyKaila News" ma’lumotlariga ko‘ra, Kerrik iste’foga chiqarilgan taqdirda uning o‘rniga "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

39 yoshli ispaniyalik mutaxassis ingliz muxlislariga "Arsenal" va "Chelsi"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Fabregas o‘tgan mavsum yakunida "Komo"ni Chempionlar ligasiga olib chiqqan.