Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Janubiy Koreya bilan kuch sinashib, 0:2 hisobida yengildi.

Dastlab, uchrashuvning 7-daqiqasida Son Xyon-Min jarima zarbasidan Abduvohid Ne'matov darvozasini ishg'ol qildi. 60-daqiqada esa Oh Se-xun farqni 2 taga yetkazib, o'yin taqdirini hal qildi.