"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola "Arsenal"ga qarshi o‘yinda Aleksander Isakka nisbatan qoidabuzarlik uchun penalti belgilanmaganidan norozi bo‘ldi.

"Arsenal" himoyachisi Yuriyen Timber jarima maydonidagi kurash vaqtida Isakni futbolkasidan tortib qoldi. Biroq bosh hakam Endi Medli bu holatda penalti belgilamadi.

"Isak bilan bog‘liq vaziyatda aniq penalti bor edi. Uni futbolkasidan tortishdi, buni hammamiz ko‘rdik. To‘p Isakdan atigi bir santimetr narida uchib o‘tdi. U darvoza qarshisida turib, to‘pga zarba berishga tayyorlanayotgan edi.

Muammo shundaki, siz mendan uning yerga yiqilishi kerakmidi, deb so‘rayapsiz. Gap aynan shunda. Agar u yiqilganida, penalti 100 foiz belgilanardi", — dedi Iraola.

— Keyingi safar Isakka yiqilishini aytasizmi?

— Ha, albatta, — deya javob berdi murabbiy.

Qoida buzilgan vaziyat
Qoida buzilgan vaziyat Foto: X