Erling Holand Portugaliyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan bo'lishi mumkin. Ushbu o'yinda Norvegiya terma jamoasi 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
"Manchester Siti" hujumchisi 67-daqiqada zaxira o'rindig'i tomon ishora qilib, almashtirishni soʻradi. Holand oʻrniga Yorgen Strand Larsen maydonga tushdi.
Holand bu mavsum "shaharliklar" safida 7 ta gol urgan. Klub esa yakshanba kuni APLda "Liverpul"ga qarshi oʻynaydi.
Portugaliya terma jamoasi esa Gonsalu Ramushning 79-daqiqada urgan goli evaziga gʻalaba qozonib, Millatlar ligasining chorak finaliga yoʻl oldi. Jamoa Krishtianu Ronaldusiz ketma-ket uchinchi oʻyinini oʻtkazdi.
Bu gʻalaba Jorje Jezush shogirdlari uchun turnirdagi ketma-ket toʻrtinchi muvaffaqiyat boʻldi.