PSJ hujumchisi Usman Dembele Chempionlar ligasida "Manchester Siti" maydonida qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Fransiyalik futbolchi uchrashuvda gollardan biriga mualliflik qildi.

"Odamlar bizdan shubhalangani biz uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Hozir oktyabr, Chempionlar ligasida ikkinchi o‘yin o‘tkazildi va biz diqqatimizni jamlagan holda davom etapmiz. Mavsumning birinchi qismida yuqori saviyani saqlab qolishimiz kerakligini tushunamiz, keyin esa ikkinchi yarimga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ikkinchi bo‘limda esa biroz qiyin bo‘ldi — sal bo‘shashib qoldik. Ammo ijobiy jihatlarni yodda saqlaymiz.

Nimanidir oydinlashtirmoqchimanmi? Yo‘q, aslo. Terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus bo‘ldi, keyin esa ta’tilga ketdim. Aytgancha, balki yana bir marta ta’til so‘rarman (kuladi). Meni 10 yildan beri tanqid qilishadi, bu o‘zgarishi qiyin", — dedi Dembele Kanal+ nashriga.