"Man Siti", "Valensiya" va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi David Silva 40 yoshida futbolchilik faoliyatini qayta tikladi.
Ispaniyalik o‘yinchi Gonkong chempionati ishtirokchisi "Shatin" klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Silva dastlab bitta o‘yinda maydonga tushadi, shundan so‘ng uning jamoadagi ishtiroki davom ettirilishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Silva tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, oktabr oyi o‘rtasida Gonkongga yetib boradi. Klub uni jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shib, optimal jismoniy holatga qaytarishni rejalashtirmoqda.