Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning terma jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, Krishtianu terma jamoani tark etmaydi... Va agar u ketmoqchi boʻlsa ham, bu hozirgidek emas, balki Krishtianuni ulugʻlaydigan goʻzal bir kunda sodir boʻlishi kerak.

U eng yaxshisiga munosib. Krishtianu — futbolimiz va mamlakatimizning eng buyuk timsolidir", — dedi Fernandesh.