"Barselona" Rodrining jarohati bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

"Aston Villa"ga qarshi kechagi uchrashuvda mushaklarida noqulaylik his qilgan Rodri tibbiy tekshiruvdan o‘tdi. Natijada uning o‘ng son orqa mushagida yengil jarohat aniqlandi.

Futbolchi yakshanba kuni "Atletiko"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Uning safga qaytish muddati jarohatning tiklanish jarayoniga bog‘liq.

Ispaniya nashrlarining yozishicha, ispaniyalik yarim himoyachi 1 oyga safdan chiqqan.