"Real" Federiko Valverdeni "Vilyarreal"ga qarshi ertangi o‘yin uchun qaydnomaga kiritdi. Urugvaylik yarim himoyachi "Atletiko"ga qarshi derbida (1:2) jarohat olgan va shu sababli terma jamoalar o‘yinlarini o‘tkazib yuborgandi.

O‘shanda "Real" futbolchining to‘pig‘i bog‘lamlari uchinchi darajali shikastlanganini ma’lum qilgan. Bunday jarohatdan tiklanish odatda bir yarim oydan uch oygacha vaqt oladi. Ammo Valverde ancha erta safga qaytib, bugun jamoadoshlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.

"Dunyodagi 100% tibbiyot hamjamiyati adashganini isbotlab, tarix yaratishda davom etayotgani bilan «Real”ni tabriklaymiz!” — deya yozdi "Atletiko" ijtimoiy tarmoqlarda. 😏