Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Neftchi Elit Osiyo chempionlar ligasining 2-turida An-Nasr bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida yengildi. 

Dastlab, uchrashuvning 33-daqiqasida saudiyaliklar hisobni ochdi. 42-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu farqni 2 taga yetkazdi. Oradan ko'p o'tmay Farg'ona klubi 2:1 qildi, biroq gol ofsayd sabab inobatga olinmadi. 

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov hisobni baribir qisqartirdi. 78-daqiqada esa Anvar G'ofurov avtogol muallifi bo'ldi.