Dastlab, Fabrizio Romano O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Xabariga ko‘ra, Osiyo kubogi muddatining o‘zgartirilishi ortidan italiyalik mutaxassis bunday qarorni qabul qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar haqiqatga to'o'ri kelmasligini ma’lum qiladi.
Shuningdek, O'FA Ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni hamda rasmiy xabarlarga tayanishni so'radi.