"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik braziliyalik vingerning holati haqida gapirdi.
"Rafinya o‘ynashga tayyor. Ammo biz shoshilmasligimiz kerak. Oldimizdagi kunlar va haftalarda ko‘plab uchrashuvlar bor. Shuning uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, uning maydondagi daqiqalarini nazorat qilishimiz lozim".