"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinio Chempionlar ligasida "Roma"ga qarshi kechgan va 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda Vinisius Juniorning harakatlariga baho berdi. Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda almashtirildi. U jamoasi gol o‘tkazib yuborishidan oldin xatoga yo‘l qo‘ygan edi.

"Vinisiusning o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘limdagi muammo mening yoki Gasperinining aybi edi. U Souleni o‘sha hududga joylashtirdi, Uesli esa “ikkiga bir” vaziyatlarini yuzaga keltirib, bizni jazoladi. Vinisiusga qiyin bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda unga boshqa qanotda harakat qilish erkinligini berdim. Vini kerak bo‘lmagan joyda to‘pni yo‘qotdi. Ammo men ham xatolarga yo‘l qo‘yaman. Afsuski, bu holat Vinisius o‘yinini kuchaytira boshlagan paytda sodir bo‘ldi", — dedi Mourinio matbuot anjumanida.