Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasining 4-turida Belgiya ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

"Birinchi golni urib, o‘yinga qaytish muhim edi. Bu bizga tashabbusni biroz o‘z qo‘limizga olish imkonini berdi. Birinchi bo‘limda ham yomon o‘ynaganimiz yo‘q, ammo maydonning so‘nggi uchdan bir qismida tezlik yetishmadi.

O‘yinning barcha 90 daqiqasini hisobga olsak, g‘alaba adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimiz esa haqiqatan ham juda yaxshi bo‘ldi.

Hamma narsa ijobiy kechmoqda. Qo‘lga kiritgan 10 ochkomiz futbolchilar bilan olib borilgan ish va ularning mentaliteti samarasi bo‘ldi. Bu o‘yinchilar guruhi juda ahil. Ular bilan ishlash juda yoqimli va bu biz uchun juda ijobiy holat”, — dedi Zidan.