Xoylund Portugaliyaga qarshi o‘yindan keyin Jorje Jezushni nima sababdan ko‘kragidan itarganini tushuntirdi.

"Portugaliyaga qarshi o‘yindan so‘ng aytganimdek, golni nishonlashim Ronalduga bag‘ishlangan edi.

Aslida ushbu siltab yuborish Jezushning Ronaldu bo‘yicha qaroriga umuman aloqador emas. Buning sababi — u ko‘zlarimga qarashga ham hafsala qilmaganida. Menimcha, bu sportchiga xos bo‘lmagan harakat.

Futbol o‘yinidan so‘ng to‘g‘ri va samimiy qo‘l berib ko‘rishish kerak. U juda sovuq holda ko‘kragimdan itarib, boshqa tomonga qarab oldi. Shuning uchun men shunchaki: "Ey, jiddiy aytapsanmi?", deb bunga e’tibor qaratdim. Bor gap shunda", - deya ta'rif berib o'tdi daniyalik forvard.