"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Villarreal"ga qarshi uchrashuvda raqibining sochidan tortgani uchun VAR aralashuvidan so‘ng qizil kartochka oldi.

Braziliyalik futbolchi ushbu holat uchun jami to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi: qoidabuzarlik uchun ikkita va qizil kartochkadan keyingi tajovuzkor xatti-harakatlari uchun yana ikkita o‘yin.

"To‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan futbolchini eslay olmayman. Bu yangi qoida bo‘lsa kerak, chunki menga hech qachon bunday jazo haqida aytishmagan", — dedi Vinisius "The Touchline" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, "Real" chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida Rimda "Roma"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi.