"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior qizil kartochka olganidan so‘ng uchrashuv bosh hakami tomonidan tuzilgan qaydnoma sababli diskvalifikatsiya muddati uzaytirilishi va bo‘lajak "El-Klasiko"ni o‘tkazib yuborish xavfi ostida qoldi.

Hakamning o‘yindan keyingi rasmiy qaydnomasida shunday deyiladi:

"Vinisius maydondan chetlatilganidan keyin ham qarorimga e’tiroz bildirishda davom etdi. U baland ovozda baqirib, tajovuzkorona tarzda men turgan hudud tomon yurdi. Jamoadoshlari uni to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Biroq uning aniq qanday so‘zlarni aytganini tushuna olmadim".