"Bornli" hujumchisi Jeymi Vardi "Manchester Yunayted" kapitani Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi.
39 yoshli angliyalik "Lester" safida o‘ynagan paytlarida portugaliyalik yarim himoyachiga qarshi maydonga tushganini esladi.
"U juda yaxshi, juda yaxshi. U uzatmaning barcha variantlarini ko‘radi, hamma narsani boshqalardan oldin payqaydi. Fernandeshga qarshi o‘ynaganingizda, u shunchaki jig‘ingizga tegadi. Hakamga ham, sizga ham bosim o‘tkazadi.
Shu bilan birga, u haqida eshitganlarimga ko‘ra, maydon tashqarida dunyodagi eng xotirjam inson. Balki o‘yin paytida u shunchaki hissiyotlariga erk berar. Ammo o‘yinchi sifatida u qo‘rqinchli darajada kuchli", — dedi Vardi o‘z podkastida.