TEAMtalk xabariga ko‘ra, "Tottenhem" rahbariyati bosh murabbiy Roberto de Zerbi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Jamoa APLdagi dastlabki 6 ta o‘yindan atigi 3 ochko to‘plaganiga qaramay, klubda italiyalik mutaxassis loyihani amalga oshirish uchun munosib murabbiy deb hisoblanmoqda. Rahbariyat natijalar yaxshilanishiga ishonmoqda. De Zerbining o‘zi ham jamoada ishlashni davom ettirish niyatida.

Yozda "Tottenhem" tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarfladi. Shu bois klub murabbiyga vaziyatni o‘nglash uchun vaqt bermoqchi.

Shuningdek, de Zerbining o‘tgan mavsum oxiridagi ishi ham inobatga olinmoqda. U mart oyi oxirida jamoani qabul qilib olgan va APLda jon saqlash uchun kurashayotgan "Tottenhem"ning oliy divizionda qolishiga yordam bergan.