The Touchline xabariga ko‘ra, "Real"ning bir nechta futbolchisi bosh murabbiy Joze Mourinioning yondashuvidan norozi. Ular portugaliyalik mutaxassis jamoaviy o‘yin tizimini shakllantirishdan ko‘ra, futbolchilarning individual mahoratiga ko‘proq tayanayotganini tanqid qilmoqda.
"Kiyinish xonasidagi bo‘linish kuchayib borayotgandek. Turli guruhlar "Real"ga aynan qanday murabbiy kerakligi borasida har xil fikrda", — deya manbaning so‘zlarini keltirmoqda nashr.
Qizig‘i, Xabi Alonso "Real"dan aynan taktik yondashuvi haddan tashqari murakkab bo‘lgani sababli ketgani aytilgan edi. Mourinio esa ayrim futbolchilar tomonidan taktik jihatdan yetarlicha chuqur ish olib bormayotganlikda tanqid qilinmoqda.
Avvalroq "Real" ichidagi muhit bilan bog‘liq muammolar haqida ham xabarlar tarqalgan edi.