Xvicha Kvarasxeliya kechagi "Barselona"ga qarshi o‘yinda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon bog‘lamini uzib oldi. Gruziyalik futbolchi yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.

Usmon Dembele chap son qismi, Markinos esa o‘ng son qismi jarohati sababli yaqin haftalar davomida davolanadi.