Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlar 3-o'rin uchun bahsda Xitoy bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa 4:3 hisobi qayd etildi.
Bellashuvning 15-daqiqasida Hu Hetoo vakillarimiz darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim yakunlanayotganda Sardor Bahromov oradagi farqni yo'qqa chiqazdi. 53-daqiqada Xitoy a'zosi yana gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Barchasi yakunlangandek edi, biroq 90-daqiqada Shodiyor Shodibekov muhim golni urdi.
G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi!