"Real Madrid" bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoadagi tartib-intizom va futbolchilarning mas’uliyati haqida yana bir bor "Bernabeu" muxlislariga va’da berdi:
"Sizga va’da beraman, agar "Real Madrid" futbolchisi o‘zini "Real” o‘yinchisiga munosib tutmasa va o‘z majburiyatlarini bajarmasa... siz hatto uni xushtakbozlik bilan kutib olishga ham ulgurmaysiz.
Chunki u hatto zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish imkoniyatiga ham ega bo‘lmaydi — to‘g‘ri uyiga kuzatiladi!".