PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng "Barselona"ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Mavsumning ushbu bosqichida eng yaxshi jamoa bo‘lish unchalik muhim emas. Eng muhimi — mavsum yakunida eng yaxshi jamoa bo‘lish", — dedi Enrike ESPN nashriga.
PSJ 20 oktyabr, seshanba kuni o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.