Luis Enrike Barselona ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
"Bu juda kuchli raqibga qarshi eng yuqori saviyadagi o‘yin bo‘ldi. Biz kabi himoyalanish juda qiyin, ammo aynan shu jihat g‘alabamizning kaliti bo‘lganiga ishonaman. Himoyada yaxshi harakat qildik.
Biz bu mavsumda hali mag‘lub bo‘lmagan jamoani yengdik. Barselona har bir o‘yinda o‘rtacha 4 tadan gol urayotgan edi, ammo bizning darvozamizga faqat 2 ta gol kirita oldi.
Lyuka Ernandes — tajribali, ambitsiyali va har doim ishlashga tayyor futbolchi. O‘yindan oldin ham o‘z vazifasini yaxshi bajarishiga ishongandik. U agressiv harakat qiladi va ahmoqona qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaydi. U jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi".