"Inter Miami" va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Ispaniyada o‘tkazilgan nufuzli Princess of Asturias Award (Asturiya malikasi) mukofotini topshirish marosimi oldidan EFE agentligiga atroflicha intervyu berdi.
Ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan tarixdagi ilk yakka tartibdagi futbolchiga aylangan Messi maydondagi muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda, o‘zining xayriya jamg‘armasi orqali dunyo bo‘ylab bolalarga ko‘rsatayotgan yordami uchun ham e'tirof etildi.
Intervyu davomida 39 yoshli afsona o‘zining merosi, "GOAT" muhokamalari, faoliyatidagi og‘ir mag‘lubiyatlar va futbolga bo‘lgan qarashlari haqida ochiq-oshkora fikr bildirdi.
💬 Sport va jamg‘arma uchun berilgan mukofot haqida:
«Ushbu e'tirof uchun minnatdorchilik bildiraman. Men uchun sportda va maydondan tashqarida, jamg‘armamiz orqali olib borayotgan ishlarimiz uchun ushbu mukofotni olish gollar yoki titullardan kam bo‘lmagan katta sharafdir».
💬 Odamlar uni qanday eslashlarini hohlashi haqida:
«Kelajak avlod va futbol muxlislari meni shunchaki o‘z maqsadlari hamda orzulari uchun ohirigacha kurashgan buyuk sportchi sifatida eslashlarini hohlayman».
💬 Mehnat va intilish haqida:
«Ba'zida ko‘zlagan narsamga erishdim, ba'zida esa yo‘q... lekin oldimda turgan va qo‘limdan keladigan har bir narsani yutish uchun harakat qilishdan hech qachon to‘xtamadim».
💬 G‘alaba qozonish va mag‘lubiyatni qabul qilish haqida:
«Futbolda g‘alaba qozonish juda qiyin va siz bosib o‘tilgan butun yo‘lni qadrlashni o‘rganishingiz kerak, chunki yakunda faqat bitta jamoa g‘olib bo‘la oladi».
💬 Xatolar va o‘sish haqida:
«Mag‘lubiyatlar va xatolar — futbolning ajralmas qismi. Ulardan saboq olish va keyingi rivojlanish uchun foydalanish mahorati g‘olib bo‘lish kabi muhimdir».