"Al-Nasr" hujumchisi milliy jamoa yig‘inini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun 30 kunga futboldan chetlatildi va 255 yevro jarimaga tortildi.
41 yoshli portugaliyalik Jorje Jezush Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (2:1) uni maydonga tushirmaganidan so‘ng terma jamoa qarorgohini tark etgan.
Portugaliya futbol federatsiyasi intizom kengashi Ronalduni aybdor deb topdi. Hodisa 30 sentabr kuni sodir bo‘lgan.
Portugaliya terma jamoasining Daniyaga qarshi navbatdagi o‘yini 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu sababli Ronaldu diskvalifikatsiya tufayli birorta ham uchrashuvni o‘tkazib yubormaydi.