"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik "Tottenhem"ga qarshi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Birinchi bo‘limda bizga qiyin bo‘ldi. O‘yinni boshlash ham oson kechmadi. Ayrim vaziyatlarda sifat yetishmadi, to‘pni oyog‘imizda ortiqcha ushlab, uni yo‘qotdik. Kerakli uzatmalarni topa olmadik, pressingga biroz kechikdik va raqib uchun bo‘sh hududlar qoldirdik.

Ikkinchi bo‘limda esa ko‘p jihatdan ancha yaxshiroq o‘ynadik. Oldinga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik va xarakter ko‘rsatdik. Shundan keyin ustunligimizni saqlab qolib, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo buni uddalay olmadik.

Ayrim vaziyatlarda to‘pni juda oson yo‘qotdik va o‘yin ochiq kechishda davom etdi. O‘tkazib yuborishimiz mumkin bo‘lmagan golni o‘tkazdik. Bu gol o‘yinimizning aksidek bo‘ldi. Bunday vaziyatga tushib qolish va oxir-oqibat g‘alaba qozona olmaslik juda alamli".