Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu Krishtianu Ronalduning terma jamoadagi vaziyati haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu — bizning kapitanimiz, terma jamoa ramzi va Portugaliyada qachonlardir boʻlgan eng yaxshi oʻyinchi. Ishonchim komilki, barchasi eng yaxshi tarzda yakunlanadi.

Hozir eng muhimi — bu toʻrtta gʻalaba. Barchamiz, jumladan Ronaldu ham, ajoyib ish qildik. Endi esa bundan zavqlanishimiz mumkin.

Nima boʻlishini faqat Proensa, Jezush va Ronalduning oʻzi biladi. Albatta, bu haftada Ronaldu bilan gaplashdik, ammo aynan nima haqida suhbatlashganimizni aytmayman", — dedi Kanselu.