Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorge Jezush "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning bayonoti bilan tanishganini ma’lum qildi.

Avvalroq Ronaldu Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikdan so‘ng terma jamoa ixtiyorini tark etgan edi. Kecha Krishtianu katta bayonot berib, murabbiyni va’dalariga amal qilmaganlikda aybladi. Shuningdek, hujumchi Jezush matbuot anjumanida aytishi kerak bo‘lgan fikrlarni ham keltirib o‘tdi.

"Men bayonotni o‘qib chiqdim. Endi esa har kuni bo‘lgani kabi Federatsiya qarorgohiga borib, ishlashda va Portugaliya terma jamoasi haqida o‘ylashda davom etaman. Bundan ortiq aytadigan gapim yo‘q", — dedi Jezush.