"Barselona" afsonasi "AS" nashriga bergan intervyusida "Oltin to'p" uchun kurash haqida gapirdi.

"Ochig‘ini aytsam, bu sovrinni ispaniyalik futbolchi qo‘lga kiritishini xohlayman. 2026-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonilgach, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi", — dedi Iniesta.

Biroq uning fikricha, futbolchilar uchun sovrinlardan ko‘ra jamoaviy muvaffaqiyatlar muhimroq.

"Oltin to'p"ga katta ahamiyat berganmisiz? Umuman olganda, menimcha, hamma ko‘proq jamoaviy sovrinlarga e’tibor qaratgan", — deya davom etdi u.

"Odamlar La Liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlaydi. Agar "Oltin to'p" ham nasib qilsa, mayli. Ammo bu sovrinni La Liga yoki Chempionlar ligasi bilan bir darajaga qo‘yib bo‘lmaydi", — deya qo‘shimcha qildi ispaniyalik.

Iniesta bugungi Ispaniya terma jamoasini 2010-yilgi avlod bilan taqqoslab, shunday dedi:

"Hozirgi avlod bilan 2010-yildagi avlod o‘rtasidagi farq nimada? Bu futbolchilar juda yosh. Asosiy vazifa — jamoaga hozirgi natijalarni berishda davom etish imkonini berayotgan mentalitetni saqlab qolish. Agar keyingi to‘rt, olti yoki sakkiz yilga qarasangiz, jamoa a’zolarining aksariyati faoliyatidagi eng yuqori darajaga chiqadi".

Negreira ishi haqida gap ketganda esa Iniesta qat’iy fikr bildirdi.

"Negreira ishi bo‘yicha tarqalayotgan gaplarni eshitganingizda o‘zingizni qanday his qilasiz? Futbol nuqtayi nazaridan bu borada bahslashadigan narsa yo‘q. Biz hali bu borada aytilayotgan gaplarning oxiriga yetganimiz yo‘q.

Ammo o‘sha davrda tilga olinayotgan barcha uchrashuvlarni tahlil qilganimizda ham, ularda bizga yordam berilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning hatto 1 foizini ham topa olishmaydi", — deya ta’kidladi Iniesta.

Men hech qachon bizga yordam berilganini eshitmaganman, ko‘rmaganman va his qilmaganman. Har bir uchrashuvda muxlislar va futbolchilarning o‘zi raqib tomonga yordam berilganini ko‘radi".