Millatlar ligasi 1-guruhning 4-turidan o'rin olgan ikki bellashuv bo'lib o'tadi.
Fransiya o‘z maydonida Belgiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Dodi Lukebakio 35-daqiqada belgiyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda fransuzlar javob berdi.
Dizayr Due 77-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Rayan Sherki 81-daqiqada gol urdi, Maykl Olise esa 88 va 91-daqiqalarda dubl qayd etib, Fransiyaning yirik g‘alabasini ta’minladi.
Italiya esa Turkiyani 3:1 hisobida yengdi. Janluka Skamakka 26-daqiqada hisobni ochdi, Aral Shimshir 61-daqiqada hisobni tenglashtirdi. .
Rikkardo Kalafori 64-daqiqada italyanlarni yana oldinga olib chiqdi. Franchesko Espozito esa 87-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.