Flik PSJga qarshi kechgan (2:4) uchrashuvda jamoasiga jismoniy tetiklik yetishmaganini ta’kidladi.
"Bu biz uchun ajoyib sinov bo‘ldi. Bugun qaysi jihatlarda kuchayishimiz kerakligini ko‘rdik. Shu bilan birga, ko‘plab yaxshi tomonlarni ham payqadim. Menimcha, har ikki jamoa ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik va to‘pni ko‘p yo‘qotdik. Bu holatlarni tahlil qilishimiz kerak.
Futbolchilar yetarlicha tetik bo‘lmaganida xatolarga yo‘l qo‘yishini tushunish lozim. Bizga jismoniy tetiklik yetishmadi. So‘nggi haftalar favqulodda darajada o‘tdi va men futbolchilarimning mentaliteti hamda munosabatini qadrlayman. Bugun bu yaqqol ko‘rindi.
Ko‘plab ijobiy jihatlar bo‘ldi, ammo «Sevilya”ga qarshi o‘yindan keyingi holat yana takrorlandi. Jamoa safardan kech qaytdi va tiklanish uchun yetarli vaqtimiz bo‘lmadi. Bu bahona emas, balki bugun nima uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmaganimizning izohi.
Oktabr oyida sovrinlar qo‘lga kiritilmaydi. Chempionlar ligasidagi taqdir esa iyun oyida hal bo‘ladi”.