"Everton" rasmiy bayonot berib, "The Friedkin Group" klubga yangi sarmoyadorlarni jalb qilish yo‘llarini, jumladan, nazorat paketini sotish ehtimolini ham o‘rganayotganini ma’lum qildi.
"The Friedkin Group" klubni sotib olganida, "Everton" maydonda ham, undan tashqarida ham jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan edi. Asosiy vazifa klubning barqarorligini ta’minlash, sarmoya kiritish va muxlislar uchun yangi stadion qurilishini yakunlashga yordam berishdan iborat bo‘ldi.
Endi mustahkam poydevor yaratilgani sababli klub tarixidagi keyingi bosqich haqida o‘ylash vaqti keldi. Biroq takliflar faqat "Everton"ni yanada rivojlantira oladigan va erishilgan natijalarni saqlab qoladigan munosib xaridorlardan qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Den Fridkinga tegishli "The Friedkin Group" 2024-yilda "Everton"ni sotib olgan edi.